Toshkentda bir nechta “domlar podvali” buzilgani aniqlandi
Jamiyat
−
24 fevral 2023
6866Toshkent shahrining Yashnobod tumani Tuzel-2 mavzesi “Vatandosh” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning bir nechta yerto‘lasi buzilib, tayanch devorlar olib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hududdagi 9 qavatdan iborat uyning yerto‘la qismida tadbirkorlar tomonidan noqonuniy ishlar amalga oshirib kelingan. Voqea joyi o‘rganilganda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasi buzilib yotgani, hatto bino fundamenti o‘zgartirilayotgani aniqlangan.
“Uyning yerto‘la qismidagi qoidabuzarliklar inspeksiya tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalariga yana to‘xtalib o‘tamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, Yakkasaroy tumani Sebzor ko‘chasi “Dilbuloq” mahallasida joylashgan 9 qavatli uyning birinchi qavatida mulkdor umumiy yerto‘laga kirish uchun uyning ichidan plita devorlarini buzgan holda zinapoya o‘rnatgani aniqlangan. Ko‘p qavatli uyning ichki va yerto‘la qismida o‘zboshimchalik bilan tayanch va tayanch bo‘lmagan devorlar tamomila olib tashlangan. Shuningdek, uydagi deraza-romlarning pastki qismidagi tayanch devorlar ham buzilgan va ustunli soyabon (naves) o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgani aniqlangan edi.
LiveBarchasi