Toshkentda bemor bola shifokorlar tomonidan kaltaklandimi?
3-sahifa
−
21 dekabr 2022
8643Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada voyaga yetmagan bemor bola tibbiyot xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea Toshkent shahar 4-sonli bolalar klinik shifoxonasida sodir bo‘lgan. Joriy yilning 14 dekabr kuni yuqori tana harorati bo‘lgan 2 yoshli bolani ota-onasi shifoxonaga olib kelgan. Ammo bir kun o‘tgandan so‘ng, bolaning ahvoli yomonlashgan va reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.
Ota-onaning farzandiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamdan ko‘ngli to‘lmagan va bolaning ahvoli yomonlashishiga shifokorni aybdor deb bilgan.
“Bolada talvasa sindromi (shaytonlash) kuzatilgan. Bir kecha reanimatsiyada yana bir kecha bo‘limda yotdi. 16 dekabr kuni ota-onasi tilxat yozib olib ketdi. Ular bizda farzandlari davolanishini xohlamadi. Video kasal bemorning ammasi tomonidan tarqatilgan ekan. Bolaning onasi bilan gaplashganimizda esa bundan xabari yo‘qligini aytdi. Shifokorlarga tuhmat bo‘lgan. Qanday qilib shifokorlar o‘zi kasal bolani kaltaklashi mumkin", deydi bosh shifokor o‘rinbosari.
Shifoxona kameralari tekshirilganda hech kim bolani kaltaklamagani aniqlangan. Shuningdek, bolaning otasidan ushbu holatga izoh so‘ralganda bola kaltaklanmaganini aytgan.
"Farzandimni yuzidagi barmoq izlarini ko‘rib kaltaklangan(mi)? degan tahmin qilingan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda qandaydir tarqalib ketgan", deydi bolaning otasi.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining munosabatiga ko‘ra, davolash jarayonida bemorni urish yoki unga nisbatan kuch ishlatish holatlari o‘z tasdig‘ini topmagan.
LiveBarchasi