Toshkentda bedarak yo‘qolganlar qidirilmoqda

Jamiyat

image

Toshkentda uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan ikki nafar shaxs qidirilmoqda. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan Fotima Qudratovna Irisqulova 2022 yil 18 aprel kuni Sergeli tumani Mohichehra ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, sochlari uzun (qora), tana tuzilishi o‘rtacha. Kiyimlari: oq gulli ko‘ylak, oq shim, qizil rangli shippak va qizil ro‘mol.

Shunigndek, 1983 yilda tug‘ilgan Aleksandr Yevgenevich Krupnov 2021 yilning 13 avgust kuni Yashnobod tumani “Uysozlar” MFY hududidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 170-175 sm, sochlari kalta (to‘q jigarrang), ko‘zlari jigarrang, ozg‘indan kelgan, burni o‘rtacha, lablari qalin, o‘ng ko‘zining tepa qismida chandig‘i (shram) mavjud.
Kiyimlari: to‘q qizil rangli futbolka, shortik, kulrang krossovka.

“Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1921

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing