Toshkentda bedarak yo‘qolgan 3 kishi qidirilmoqda

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda bedarak yo‘qolgan ikki erkak va bir ayol kishi qidirilmoqda. Bu haqda IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan Fotima Qudratovna Irisqulova, joriy yilning 18 aprel kuni Sergeli tumani, Moxichehra ko‘chasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. 

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, sochlari uzun qora, gavdasi o‘rtacha. Kiyimlari: oq gulli ko‘ylak, oq shim, qizil rangli shippak va qizil ro‘mol.

Shuningdek, 1985 yilda tug‘ilgan Artemevskiy Yevgeniy Viktorovich, joriy yilning 2 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, ozg‘indan kelgan, ko‘zlari kulrang, tizzalarining tepa qismida chandiqlari (shram) mavjud. Kiyimlari: havo rangli futbolka, jinsi shim.

Shu bilan birga, 1986 yilda tug‘ilgan Bobomurodov Azamat, joriy yilning 19 iyun kuni ish joyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 180 sm, ko‘zlari jigarrang, sochlari kalta qora. Kiyimlari: to‘q ko‘k rangli shorti, qora rangli futbolka va krossovka.

“Hurmatli fuqarolar! Agar sizda yuqoridagi shaxslarning turar joylari to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1787

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing