Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi boshlandi

Sport

image

Bugun, 25 aprel kuni Toshkent shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Bellashuvlarda 26 mamlakatdan kelgan 100 nafardan ortiq sportchi o‘z mahoratlarini namoyish etadi.

Dasturga ko‘ra, bugun saralash bosqichi va tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. 26 apreldan sportchilar medallar uchun kurashni boshlaydi.

Musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston vakillari:

Yakkalik bahslar:

Taxmina Ikromova;

Anastasiya Saranseva.

Guruh mashqlari:

Evelina Atalyans;

Maftuna Zoirova;

Adelya Fayzulina;

Mumtozabonu Is’hoqzoda;

Amaliya Mamedova;

Irodaxon Sodiqova.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing