Toshkentda ayrim yo‘llar bir muddat yopiladi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Toshkent metropoliteni, Yunusobod yo‘nalishidagi qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. Ayni vaqtda esa yer osti o‘tish yo‘lini qurish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 12 dekabriga qadar poytaxtdagi quyidagi yo‘llarda vaqtincha avtomobillar harakati to‘xtatiladi.   

1.  Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yo‘lining 1 qismi;

2.  Ahmad Donish ko‘chasining (“Uch baqaloq” kafesidan) Yunus ota ko‘chalari kesishmasi orasidagi yo‘l.
 
“Keltirilgan noqulayliklar uchun shahrimiz aholisidan uzr so‘raymiz”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborotida. 

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing