Toshkentda ayrim mahsulotlar Yevropa va MDH poytaxtlaridan ham qimmat ekani aniqlandi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
10860Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti Price Warnings loyihasi doirasida Toshkentning ayrim bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘rganib chiqib, MDH va Yevropaning bir qator davlatlaridagi narxlar bilan solishtirdi.
Unga ko‘ra Toshkentda apelsin, limon va banan narxlari Yevropa poytaxtlaridagi narxlardan balandligi aniqlangan.
Tadqiqotlarga ko‘ra:
Apelsin
Apelsin narxi Toshkentda 2,8 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Moskvadan 4,3 baravar, tahlil qilinayotgan davlatlardan esa 90,1 foizga yuqori.
Limon
Limon narxi Toshkentda 2,8 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Anqaradagi limon uchun belgilangan minimal narxdan 3,3 baravar, tahlil qilinayotgan davlatlardan esa 69,4 foizga yuqori.
Banan Toshkentda 2,1 AQSH dollaridan sotiladi. Bu ko‘rsatkich Moskvada banan uchun belgilangan minimal narxdan 2,7 baravar, tahlil qilinayotgan davlatlardan esa 55,7 foizga yuqori.
Qadoqlangan sut narxi Toshkentda 0,82 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Bishkekda sut uchun belgilangan minimal narxdan 93 foiz, tahlil qilinayotgan davlatlardan esa 18,8 foizga yuqori.
Margarin narxi Toshkentda 2,2 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Bishkekda margarin uchun belgilangan minimal narxdan 85,6 foiz, tahlil qilinayotgan davlatlardan esa 20,2 foizga yuqori.
Kartoshka 0,46 AQSH dollardan sotiladi. Bu Anqaradagi kartoshka uchun belgilangan minimal narxdan 2,3 baravar yuqori.
Mandarin narxi Toshkentda 1,7 AQSH dollarini tashkil etadi. Bu Moskvadagi eng past narxdan 87,9 foizga yuqori
O‘simlik yog‘i (kungaboqar) narxi 1,7 AQSH dollarni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich Bishkekda o‘simlik yog‘i uchun belgilangan minimal narxdan 2 baravar, tahlil qilinayotgan davlatlardan esa 6,7 foizga yuqori.
Makaron narxi 0,83 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu Minskda makaron uchun belgilangan eng past narxdan 83,4 foizga yuqori.
Mol go‘shti narxi 5,2 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu Minskda mol go‘shti uchun belgilangan eng past narxdan 56,5 foizga yuqori.
Diyora Abdurahmonova
LiveBarchasi