Toshkentdagi eng serqatnov yo‘l vaqtincha yopilmoqda
Jamiyat
−
19 mart 2022 6235 1 daqiqa
Bugun, 19 mart kuni soat 21:00 dan 20 mart kuni soat 06:00 ga qadar Alisher Navoiy shoh va Labzak ko‘chalarining ayrim qismlari yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli:
• Alisher Navoiy shoh ko‘chasi Abay ko‘chasi chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi chorrahasigacha;
• Labzak ko‘chasi Alisher Navoiy shoh ko‘chasi bilan kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hudud vaqtincha yopiladi.
“Yo‘l ta’mirlash jarayonida haydovchilar aylanma yo‘llardan foydalanishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025