Toshkentda ayol o‘zini “stolba”dan tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori voltli elektruzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolning vediotasvirlari keng tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 6 avgust kuni Olmazor tumanida sodir bo‘lgan. Tumanda xizmat faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kichik halqa yo‘li ko‘chasida yuqori voltli elektruzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan ayolni ko‘rib qolgan.

Ayol atrofdagilarga o‘zini tepadan tashlab, joniga qasd qilmoqchiligini aytgan. IIBB xodimlari shu atrofda bo‘lgan Sergeli tumani 8-son yong‘in-qutqarish qismi mutaxassisi bilan ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgan.

Ichkm ishlar xodimlari ayolni Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan 36 yoshli D.U. bo‘lib, hozirda Olmazor tumanida vaqtinchalik yashab kelgan. Ayol bilan hozirda psixologlar ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

411

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing