Toshkentda avtotyuning markazi yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 29 sentyabr kuni soat 02:25 atrofida Sergeli tumani “Oltin vodiy” MFYda joylashgan Autotuning avtomobillarga xizmat ko‘rsatish markazi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in haqida xabar berilgandan so‘ng 4 ta yong‘in qutqaruv texnikasi 02:35 voqea joyiga yetib borgan. 03:30 atrofida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasining tom va ichki qismining 200 kv. metri yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida markazning qariyb 400 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in vaqtida bitta Lacetti avtomashinasi butkul yonib ketgan.

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohat olgan shaxslar qayd etilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa avtotyuning markazi rahbarining yong‘in haqida ma’lumot bergan videosi ham tarqaldi. 

“Bitta portlash bo‘ldi. Yong‘in chiqib, butun "servis"ni qoplab oldi. O‘chirishga ulgurmadik”, deydi u.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

337

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing