Toshkentda avtobus yo‘lovchilari bilan YTHga uchradi

3-sahifa

image

Bugun, 25 noyabr kuni Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar berdi.

Ertalab soat 07:40 atrofida 17T-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, 18-Avtobus saroyi tasarrufidagi, davlat raqami 01 467 UAA bo‘lgan, ISUZU rusumli avtobus Beshqayrag‘och ko‘chasi bo‘ylab, Kichik halqa yo‘li tomon boshqarib ketish chog‘ida, Uch-tepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yog‘ochga kelib urilgan. 

Natijada, haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, shundan so‘ng darhol barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing