Toshkentda avtobus yo‘l chetidagi piyodani urib yubordi (18+)

3-sahifa

Toshkent shahrida ISUZU rusumli avtobus yo‘l chetida turgan piyodani urib yubordi. “Toshshahartransxizmat” Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 aprel kuni soat 14:50 atrofida, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni Bunyodkor ko‘chasi buylab boshqarib borayotgan vaqtda Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlariga qatnovchi taksilarning avtoturargohi qarshisida yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyatining “Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi”  xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o‘tkazilganda, mazkur avtobus “7-Avtobus saroyi” MCHJ tasarrufidagi, saroy raqami 200 bo‘lgan, 41-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi “ISUZU LE 60” rusumli avtobus haydovchisi M.M. ekani aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyoda yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib,tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodaning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.M.ga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing