Toshkentda avtobus yonib, kulga aylandi

3-sahifa

image

Bugun, 13 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 02:16 da tumanning Tinchlik ko‘chasi 5-sonli avtobus saroyidan avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv  ekipajlari aytilgan manzilga soat 02:22 da yetib borib, yong‘in soat 02:32 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida Spark yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing