Toshkentda avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Olam

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka”li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat bugun, 24 sentyabr kuni soat 10:10 atrofida sodir bo‘lgan. “12-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli 131-sonli avtobus haydovchisi Q.A. Talabalar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida “Musiqa maktabi” qarshisida Cobalt va Tracker bilan to‘qnashgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu YTH Cobalt haydovchisi aybi bilan kelib chiqqan. Hodisa oqibatida ikki yengil mashina hamda avtobus texnik shikastlangan. Avtobus yo‘lovchilarga zarar yetmagan.

“Tracker haydovchisi K.F, yo‘lovchisi T.M va E.A. yengil tan jarohati olgan, barcha jabrlanuvchilarning ahvoli yaxshi”, deyiladi xabarda.

Yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahri YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 sentyabr kuni Samarqand viloyatida Tracker piyodalar yo‘lagidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing