Toshkentda avtobus ikki piyodani urib yubordi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda avtobus haydovchisi bekatdagi ikki piyodani urib yuborgani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati holatga rasmiy izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 aprel kuni soat 13:45 atrofida 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni THAY ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda, Yurak qon tomir jarrohlik klinikasi bekatida unga nisbatan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to‘xtab qolishi natijasida avtobusni o‘ngga burgan va bekat yonida turgan 2 nafar piyodani turtib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur avtobus "12-Avtobus saroyi" MCHJ tasarrufidagi, saroy raqami 594 bo‘lgan, 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi M.A. ekani aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyodalar N.D. va O.L. larga yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil tan jaroxati yetkazilgan va 16-Tez tibbiy yordam ko‘rsatish shifoxonasiga yetkazilib, ularga yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodalarning ahvoli yahshi ekani aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi alomatlari mavjudligini inobatga olib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing