Toshkentda “Antiryodan” harakati tuzilgani aniqlandi
3-sahifa
−
08 mart 2023
17868Toshkent shahrida bir guruh o‘smirlar tomonidan “Antiryodan” harakati tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘ttizdan ortiq yoshlar ijtimoiy tarmoqlar yordamida “Antiryodan” harakatini tashkil qilib, buzg‘unchilik g‘oyalarini ilgari surayotgan “ryodanchi”larga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan.
“Antiryodanchi”lar ijtimoiy tarmoqda alohida guruh tashkil qilgan. Uning ishtirokchilari “Ryodan” harakati g‘oyalari hech qanday foyda keltirmasligi va davlatga xavf tug‘dirishi mumkinligini tushunib yetgan.
“Ryodan” harakati haqida internetdan to‘liqroq ma’lumot oldik. O‘rganish jarayonida harakat a’zolari dinimiz, davlatimiz haqida yomon gaplar gapirganini ko‘rdik. Eng yomoni, ular ko‘chada ketayotgan yoshlarga pichoq berib, odamlarga qarshi chiqish kerakligini, urib, pichoqlash kerakligini uqtirgan. Shundan so‘ng “Antiryodan” harakatini tuzish xayolimizga keldi. Ijtimoiy tarmoqda guruh ochdik, o‘ttiztacha odam yig‘ildi. U yerga bitta “ryodan”chi qo‘shilib olib, yakshanba kuni barchangizni yo‘q qilamiz deb do‘q urdi”, deydi guruh a’zolaridan biri.
Toshkent shahar IIBB bunday harakatlar tashkilotchilari aholi orasida adovat va vahima uyg‘otishga urinayotganini ta’kidlagan. IIBB turli oqimlarning paydo bo‘lishi ortidan g‘arazli niyatdagi shaxslar bu oqimlarni boshqarishga, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib qilishga, aholi orasida adovat va vahima uyg‘otishga harakat qilayotganini aytgan. Shuningdek, ma’sullar har bir holat o‘rganilishi va qonuniy baho berilishini takidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasida joylashgan Xalqaro forumlar saroyi binosi yonida 50 ga yaqin “ryodan” harakati ishtirokchilari to‘plangani, ular ichki ishlar organlari tomonidan qo‘lga olingani aytilgandi.
LiveBarchasi