Toshkentda ag‘darilgan yuk avtomobili yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00 larda Toshkent shahar Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4R-21 avtomobil yo‘lida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi M.A. Howo rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilgan. 

Oqibatda avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi M.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in esa bartaraf etilgan. Transport vositasiga ma’lum zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing