Toshkentda aholini mobil avtobuslarda emlash yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Endilikda Toshkent shahrida aholini emlash ishlari mobil avtobuslarda tashkil etilgan sayyor brigadalar orqali ham amalga oshiriladi. Bu haqda Olmazor tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Olmazor tumanidagi oshxona, restoran va korxonalarda ham 18 yoshdan katta aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlash ishlari davom etmoqda.

“Endilikda aholini emlash ishlari nafaqat joylarda emlash punktlarini o‘zida, balki mobil avtobuslarda tashkil etilgan sayyor brigadalar orqali aholini gavjum joylariga borib koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinasi bilan emlash ishlari boshladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda AstraZeneca (CovieShield), “Sputnik V” hamda o‘zbek-xitoy vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Ayni kungacha mamlakatda jami 4492365 doza vaksinadan foydalanildi. 3 bosqichda emlanganlar soni 441 900 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing