Toshkentda aholi va quruvchilar janjallashdi. Holatga Ortiqxo‘jayev aralashdi
3-sahifa
−
11 aprel 2022
19022Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanining 5-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldidagi bolalar maydonchasining buzilishidan norozi aholi quruvchilarga qarshilik qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan dastlab shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, 5-mavzedagi 65 va 75-ko‘p qavatli uylar oldida bolalar bog‘chasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, atrofini tunuka devorlar bilan o‘rash ishlari olib borilgan. Bu aholining noroziligiga sabab bo‘lgan. Mazkur hududda noqonuniy tarzda daraxt kesilish holati kuzatilmagan.
Keyinroq, Yunusobod tumani hokimligi matbuot xizmati ham holatga izoh berdi. Hokimlik 5-mavzedagi bolalar maydonchasi o‘rnida ko‘p qavatli uyning qurilish ishlari to‘xtatilganini bildirdi.
“Shaxsan Toshkent shahar hokimi manzilga tashrif buyurib, mahalla aholisi bilan suhbatlashdi. Bolalar maydonchasi o‘z joyida qolishi va bu yerda buzish ishlari amalga oshirilmasligiga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda ham fuqarolar asli bolalar maydonchasi bo‘lgan joyda uy qurilishiga qarshi chiqqani aytilgandi. Ammo negadir Ekologiya boshqarmasi holatga mos kelmaydigan bayonot bergan.
LiveBarchasi