Toshkentda 99 yoshli onaxon koronavirusdan sog‘ayib chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 14 mart kuni Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 1922 yilda tug‘ilgan fuqaro T. T. koronavirus tashxisi bilan olib kelingan. Bemorda o‘tkazilgan PZR testi natijalari musbat chiqqan, rentgen tekshiruvlarida ikki tomonlama gidrotoraks suyuqlik aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

“Davolash jarayonida torakal jarrohlik yo‘li bilan  bemorning o‘pkasidan 10 kun davomida 4 marta, jami 2 litr suyuqli olindi. Bemor kichik operatsiyadan ham muvaffaqiyatli chiqdi, ikki hafta davomida intensiv davo muolajalari o‘tkazildi. Shu tarzrda bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgara boshladi. Nihoyat, muolajalardan so‘ng olingan PZR testi  manfiy natijani ko‘rsatdi”, deydi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limi mudiri Dono Jo‘lamanova.

Bundan tashqari, bemorda hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.  Bemordagi yurak yetishmovchiligi asoratlari ham tezda bartaraf etilgan. 

Shunday qilib, shifokorlarimizning to‘g‘ri tanlangan tizimli muolajalari sabab 99 yoshli bemor onaxon koronavirusdan butkul sog‘ayib, o‘z uyiga ruxsat berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing