Toshkentda 9 yoshli qizni tunaganlar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 9 yoshli qizning telefonini qo‘lidan yulib olib, voqea joyidan qochib ketgan jinoiy juftlik qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 3 fevral kuni soat 16:00 larda noma’lum shaxslar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirgan holda o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasining poyezd temir yo‘li bilan kesishgan chorrahasi yaqinida voyaga yetmagan 9 yoshli A.T. ning qo‘lida bo‘lgan, narxi 2 million 100 ming so‘mlik “Redmi 8 Lite” rusumli telefonini qo‘lidan yulib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 21 yoshli Sh.B. va Sh.B. lar sodir etgani aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB xuzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.B. va Sh.B. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Ish davomida, o‘g‘irlab olingan uyali aloqa telefonini ular “Malika” savdo majmuasida 550 000 so‘mga sotib yuborganligi, bundan tashqari ushbu jinoyatni sodir etishga voyaga yetmagan shaxsni jalb qilganligi ham aniqlangan.

Hozirgi vaqtda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) va 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb e’lon qilinib, har biriga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing