Toshkentda 9 kishining nomiga olingan kredit pullarini “uxlatgan” shaxs ushlandi
3-sahifa
−
24 Sentabr
4239Toshkent viloyati Ohangaron shahrida 9 nafar fuqaro nomiga imtiyozli kredit olib o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan sudlangan) 5 ta MCHJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zining nomiga “N.I.” MCHJni tashkil qilib, hududiy tijorat banki filialidan 9 nafar fuqaroning nomiga jami 357,1 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni yuqoridagi MCHJlar orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda o‘zgalar nomiga kredit olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan bank boshqaruvchisi o‘rinbosari 7 yilga qamalgan edi.
LiveBarchasi