Toshkentda 80 kishini salkam 100 ming dollarga “uxlatgan” shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan “Xumo trans” aviakassasi rahbari qamoqqa olindi. U 80 kishidan jami 96 ming 250 dollarni firibgarlik yo‘li bilan yig‘ib olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan “Xumo trans” aviakassasi rahbari K.Ye. ushbu aviakassada fuqaro M.Z. ni aldab, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishiga va shu hujjatga asosan bemalol Rossiya Federatsiyasiga borishi mumkinligiga ishontirgan. Aviakassa rahbari fuqaroning 1450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida fuqaro K.Ye. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSH dollaridan jami 94800 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 13 yanvar kuni Toshkent shahar IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro K.Ye. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing