Toshkentda 64 yashar ayol koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
6283O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Jami o‘lim holati 41 tani tashkil etmoqda.
Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 64 yoshli M.X. (ayol) joriy yil 1 iyul kuni qorinda va chap ko‘krak sohasida og‘riqlar kuchayganligi sababli Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
U postxoletsistektomik sindrom, o‘tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi bilan davolangan.
3 iyul kuni esa bemorda nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan va COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan.
Unga COVID-19, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindrom, postxoletsistektomik sindrom, o‘tkir pankreatit, gastrit, surunkali kamqonlik, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi