Toshkentda 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi
3-sahifa
−
16 aprel 2023
12741Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi. Holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 13 aprel kuni sodir bo‘lgan. Hududda ichimlik suvi ta’minotidagi quvurlardan birida avariya holati aniqlangan va tuman suv tarmoqlari bo‘limi tomonidan avariya holatini bartaraf etish uchun qazish ishlari olib borilgan. Jarayon yo‘lning avtomobillar uchun qatnov qismida bo‘lgani sababli ogohlantirish belgilari joylashtirilgan, piyodalar yo‘lagida harakatlanish mumkin bo‘lgan.
Yo‘lovchilarning e’tiborsizligi oqibatida 6 yoshli A.A.(ismi yashiringan) onasidan oldinroq borib chuqurlikka tushgan va ushbu hududdagi fuqarolar tomonidan chiqarib olingan. Hokimlikning ma’lum qilishicha, hozirda bola sog‘lom, xavotirga o‘rin yo‘q.
“Avariya holatini bartaraf etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va noqulayliklar uchun tuman suv tarmoqlari bo‘limi vakillari uzr so‘raydi. Qolaversa, hududdagi betartiblikni bartaraf etish va jarayonlarda yo‘lovchilar va avtomobillar uchun ogohlantirish belgilari, xavfsiz harakatlanish choralari ko‘rilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi