Toshkentda 5 ta avtomobil to‘qnashib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirobod tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 aprel kuni soat 21:10 larda, Toshkent shahar Mirobod tumani Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada:

  • 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi Lacetti;
  • 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi R.K. boshqaruvidagi Toyota;
  • 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi J.Sh. boshqaruvidagi Spark;
  • 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.X. boshqaruvidagi Malibu;
  • 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi J.S. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi J.S. ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

831

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing