Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

3-sahifa

image

Bugun, 25 mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea bugun soat taxminan 16:15 da Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasidagi avtomobil ko‘prigi ustida sodir bo‘lgan. 

Oraliq masofani saqlamaslik oqibatida:

•  1995 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli;
•  1970 yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi Captiva rusumli;
•  1998 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi "Vaz-11184" rusumli;
•  1958 yilda tug‘ilgan O.I. boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli;
•  1990 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashgan.

YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

“Ushbu YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing