Toshkentda 40 yoshli erkak do‘pposlandi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
13258Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishining boshqa fuqarolar tomonidan kaltaklanayotgani, atrofdagi fuqarolar esa ularni tinchlantirishga harakat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Toshkent shahri Sergeli tumanida, 17 yanvardan 18 yanvarga o‘tar kechasi, taxminan soat 23:55 larda sodir bo‘lgan. Soat 00:15 da bu haqda ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilingan.
Tan jarohati olgan fuqaroning 40 yoshli Z.X. ekani aniqlangan. Unga tan jarohati yetkazgan fuqaro va janjaldagi qolgan ishtirokchilarning shaxsi aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.