Toshkentda 4 yashar bola 5-qavatdan pastga quladi (video)
Jamiyat
−
14 yanvar 2020
1119714 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqaldi.
Shu kuni soat 16:18 da poytaxtning Olmazor tumani Beruniy dahasi 3-blok 135-xonadondan chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib borgan. Unda 3 yoshu 11 oylik A.X. uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin uni aholi ko‘rib, pastda adyol tutib ushlab qolgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tez tibbiy yordam guruhi 7 daqiqa ichida yetib borgan, birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan.
“Ayni paytda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilyapti. Og‘ir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qo‘yilgan. Ahvoli hozir barqaror”, - deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi