Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB YHXB xabar berdi.

Keltirilishicha, kecha, 17 iyun kuni soat tungi 03:00 larda poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida ro‘y bergan ushbu YTH to‘rtta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan.

Bular 1998 yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan MENLO rusumli avtomashina, 1999 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashina, 1992 yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2107” rusumli avtomashina hamda 1990 yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinalar bo‘lgan.

Qayd etilishicha, YTH oqibatida MENLO rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan. 

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda so‘nggi 5 oyda 29 kishi YTH qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing