Toshkentda 4 ta asosiy ko‘cha vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 may kuni Toshkentning bir necha ko‘chalari soat 20:00 gacha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, quyidagi ko‘chalar karting bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazilishi munosabati bilan 20:00 gacha yopiq bo‘ladi:

- Amir Temur shoh ko‘chasi - Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasigacha;

- Yakub Kolas ko‘chasi - Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasidan Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasigacha;

- Taras Shevchenko ko‘chasi - Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;

- Shahrisabz ko‘chasi - Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing