Toshkentda 4 kishi sotuvchiga pichoq tirab, do‘konni o‘marib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 24 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar do‘konga kirib, sotuvchiga pichoq tiragancha kassadagi pullarni olib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 23 iyul kuni taxminan soat 13:55 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 13:15 da 4 nafar noma’lum shaxslar Oltintepa ko‘chasidagi do‘konga kirib, 26 yoshli sotuvchi Xumoyun I.ga pichoq bilan tahdid qilib mobil telefon va 4 000 000 so‘m pulni olib, voqea joyini tark etishgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli Dmitriy L., 43 yoshli Valentin N., 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh. ekanliklari ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda 47 yoshli Dmitriy L. va 43 yoshli Valentin N.lar qo‘lga olinganlar, 45 yoshli Aleksey K. va 37 yoshli Dmitriy Sh.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing