Toshkentda 4 avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 14 noyabr kuni poytaxt Toshkentda 4 avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

YTH soat  21:10 larda Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshisida:

•    haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvidagi Lada Vesta rusumli; 

•    haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan L.M. boshqaruvidagi Equinox rusumli;

•    haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli;

•    yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia rusumli (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan va Equinox avtomobili ag‘darilgan.

Hodisa natijasida Equinox rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing