Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi. Qurbon bor

Jamiyat

image

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Captiva, Nexia-3 va “Moskvich” avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 may kuni soat 00:20 larda Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani TXAY ko‘chalari chorraxasida 1992 yil tug‘ilgan haydovchi O.Z. Nexia-3 avtomobilida chapga qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishdan mast xolatda harakatlanib kelayotgan, 2000 yil tug‘ilgan Sh.U. boshqaruvidagi Captiva rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormay, YTH sodir etgan. Oqibatda Captiva haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Sh.M. boshqaruvidagi “Moskvich” rusumli avtoulov bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Moskvich” xaydovchisi Sh.M. olgan tan jaroxatlari sabab hodisa joyida vafot etgan. Nexia-3 haydovchisi O.Z. hamda Captiva hayvodchisi Sh.U. va yo‘lovchilari 2000 yil tug‘ilgan A.U., 2001 yil tug‘ilgan R.N.ga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv xarakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

252

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing