Toshkentda 3 ta avtomobil to‘qnashdi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021 4997 1 daqiqa
Kecha, 21 yanvar kuni taxminan soat 10:00 da Qumariq va kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chalarining kesishmasida uchta transport vositasi to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, 49 yoshli Z.Yu. boshqaruvidagi Nexia rusumli, 63 yoshli A.S. boshqaruvidagi Malibu rusumli avtomobil va 40 yoshli N.M. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobillarning to‘qnashuvi Nexia avtomobilining keskin to‘xtashi oqibatida ro‘y bergan.
To‘qnashuv oqibatida Malibu avtomobili haydovchisi badan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.
Live
Barchasi