Toshkentda 25 yoshli qiz Nexia-3’ni “ugon” qildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni Toshkent shahrida 25 yoshli qiz Nexia-3 rusumli avtomobilni haydab qochdi. Holat yuzasidan “To‘sib ushlash” rejasi e’lon qilindi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, fuqaro K.M.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina Chilonzor tumani 2 daxa, 13 uy oldidan olib qochilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB poytaxt va Toshkent viloyati miqyosida “To‘sib ushlash” rejasi e’lon qilib, qidiruv ishlari amalga oshirgan. Yakunda, mashina shu kunning o‘zidayoq topilgan. Dastlab, Toshkent viloyati Parkent tumanida ko‘zga tashlangan qidiruvdagi avtomobil YHXB xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan. Kerakli chora tadbirlar amalga oshirilib, avtomobil to‘xtatilgan.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1996 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.B tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing