Toshkentda 2021 yil 6 oyida qancha tug‘ilish qayd etildi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 oyida Toshkent shahrida 30 152 ta tug‘ilganlik holati qayd etilgan bo‘lib, shundan 15529 nafari o‘g‘il, 14623 nafari qiz. Bu haqda DXA Toshkent shahar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Eng ko‘p tug‘ilish Olmazor va Shayxontohur tumanlarida kuzatildi.  

Tug‘ilganlik holati qayd etilishi hududlar kesimida:

•    Bektemir shahri - 488 ta
•    Mirzo Ulug‘bek tumani – 2587 ta
•    Mirobod tumani – 1509 ta 
•    Olmazor tumani – 4895 ta
•    Sergeli tumani - 3130 ta
•    Uchtepa tumani – 3759 ta
•    Chilonzor tumani – 2828 ta 
•    Shayxontohur tumani – 3858 ta
•    Yunusobod tumani - 3550 ta
•    Yakkasaroy shahri – 1027 ta
•    Yashnobod tumani – 2521 ta

2020 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 28 099 tani tashkil qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing