Toshkentda 20 yashar yigitni intim suratlari bilan “shantaj” qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
25 may 2022
13205Toshkentda iPhone 11 Pro sotib olib, telefonning sobiq egasining intim suratlarini tarqatish bilan shantaj qilgan ikki yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 20 yoshli B. ismli shaxs o‘zining iPhone 11 Pro telefonini sotish uchun internetga e’lon joylashtirgan. Shundan so‘ng, telefonga xaridor sifatida 23 yoshli V. va 21 yoshli Z. ismli shaxs B. bilan ko‘rishishga kelishgan.
Uchrashuv chog‘ida telefon egasi B. pulni olib, undagi ma’lumotlarni o‘chirish uchun telefonni qaytarib berishni so‘ragan, biroq xaridorlar buni o‘zlari qilishini aytgan.
Oradan bir kun o‘tib xaridor V. telefonning sobiq egasi B.ga qo‘ng‘iroq qilib, telefonda intim suratlarni topib olgani va uni sharmanda qilish uchun internetga joylashtirishini aytadi.
Ushbu suratlarni internetga joylashtirmaslik uchun esa B.dan 1 500 AQSH dollari talab qilgan. B. ismli shaxs esa Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Shundan so‘ng, V. va Z. ismli shaxslar B.dan 700 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan V.ga va Z.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur moddada ko‘rsatilgan qilmish uchun qonun uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutadi.
LiveBarchasi