Toshkentda 20 nafar quruvchi ovqatdan zaharlandi
3-sahifa
−
18 yanvar 2023
8456Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmalarining birida 20 nafar ishchi ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqatdan zaharlanish ehtimoli bilan olib kelingan.
“Bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda ularning ahvoli qonikarli”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, iste’mol uchun mo‘ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘ragan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi