Toshkentda 20 kunlik egizaklar qulfi buzilgan uyda qolib ketdi

Jamiyat

image

Toshkentda 20 kunlik egizak aka-ukalar uyda eshigi qulflanib qolgan uyda qolib ketdilar. Ularga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tezkor yordam ko‘rsatildi. Bu haqida vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea joriy yilning 19 fevral kuni qayd etilgan. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik dispechiriga fuqaro A.Y. tomonidan Yunusobod tumani 13-mavze 61-uy 7-xonadonning temir eshigi quluflanib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. 

Mazkur hodisaga aniqlik kiritilganda,  uyning ichida 20 kunlik egizak farzandlar qolib ketganligi ma’lum bo‘lgan.  

Ushbu xabarga asosan Toshkent shahar FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida uyning temir eshigini ochib bergan va egizak farzandlarni sog‘-salomat Onasiga topshirganlar.  

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha FVV xodimlari Samarqand viloyatida 2 yashar bolaning qo‘lini go‘sht qiymalagichdan chiqarib olgandilar. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Favqulodd vaziyatlar vazirligi

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar