Toshkentda 2 nafar shaxs yosh qizni o‘g‘irlab ketdi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda 2 nafar erkak ko‘chada ketayotgan qizni kuch ishlatib, o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar bermoqda.

Videoda ushbu holat bugun, 24 noyabr kuni sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. 

Ko‘rinishidan o‘smir bo‘lgan qizni ikki nafar erkak ko‘chada ketayotganida ortidan quvlagan. Qiz ulardan qochishga uringan, ammo qizni tutib olishgan. So‘ng uni sudrab Tracker avtomobiliga o‘tqazib, olib ketishgan.

Mashina davlat raqami 70R 300 SA ekani aytilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1027

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing