Toshkentda 2 hafta komendantlik soati joriy qilinadimi? Adliya vazirligi javob berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 2 hafta davomida kechki soat 20:00 dan ertalab soat 8:00 gacha ko‘chada yurish taqiqlanishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyevaning O‘zAga ma’lum qilishicha, bu xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Vazirlik vakili aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan. Uning ta’kidlashicha, yolg‘on xabarlar tarqalishining oldini olish va uni tarqatgan shaxslarni javobgarlikka tortish maqsadida qonun bilan javobgarlik belgilangan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan, OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda tarqatish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq, ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin ham ushbu xatti-harakatlar takror sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

326

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing