Toshkentda 19 yashar yigit piyodaning o‘limiga sababchi bo‘ldi
3-sahifa
−
23 noyabr 2022 5555 1 daqiqa
Toshkent shahrida 2003 yilda tug‘ilgan yigit boshqaruvidagi avtomobil piyodani urib yubordi. Oqibatda fuqaro vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 19 noyabr kuni Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida soat taxminan 22:30 da 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-3 mashinasida harakatlanib, piyodani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 34 yoshli R.K. olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025