Toshkentda 18 yashar yigit maktab o‘quvchisini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi kompyuter klubidagi janjal oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ' ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, kecha, 17 aprel kuni soat 18:00 atrofida Sergeli tumani 2-massivda joylashgan “Game club” kompyuter klubida 17 yoshli I.Sh. va 18 yoshli X.S. o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. 

Buning ortidan X.S. I.Sh.ning yuz va tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda I.Sh hushsiz holda yerga yiqilgan.

Jabrlanuvchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan 104-modda 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

835

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing