Toshkentda 17 yoshli o‘smir tengdoshini pichoqlab qo‘ydi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Olmazor tumanida 17 yoshli o‘smir o‘z tengdoshini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
   
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 4 aprel kuni, soat 19:00 da Olmazor tumani Beruniy ko‘chasidagi do‘kon yonida sodir bo‘lgan. A.J. voyaga yetmagan 17 yoshli S.A. bilan hech bir sababsiz janjalashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.A. badanining turli xil joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.   

Tibbiy xulosa natijalariga ko‘ra, S.A. da kesilgan yaralar qorin old, ikkala ko‘krak, chap bel sohasi, ikkala son tashqi yuzasi va o‘ng dumba qismida deb tashxis qo‘yilgan.

Toshkent shaxri Olmazor tumani bo‘yicha IIB FMB huzuridagi Tergov  bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli A.J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi ( Bezorilik, ya’ni sovuq qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda ushbu janjal kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing