Toshkentda 17 yashar bola yo‘l o‘rtasida ovqatlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda layk uchun yo‘lning qatnov qismini ajratib turuvchi bordyur ustida yosh yigitning ovqatlanayotganligi aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, natijalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni taxminan soat 10:00 larda voyaga yetmagan 2004 yilda tug‘ilgan S.O., Shayxontohur tumani “Xadra” MFY hududidagi yo‘lning qatnov qismidagi bordyur ustida ovqatlangani videotasvirga olingan. Voyaga yetmagan S.O. ushbu xatti-harakatlari bilan o‘zini va atrofdagi shaxslarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan S.O. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan, uning onasiga esa O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

962

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing