Toshkentda 150 mln dollarlik issiqlik elektr stansiyasi ishga tushdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida 240 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasi mamlakatning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun, 14 yanvar kuni Qibraydagi quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshlagan.

Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,0 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ma’lum qilinishicha, qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga, yiliga 290 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Umumiy qiymati 150 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur elektr stansiya “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan respublikamizda ishga tushirilgan ikkinchi IES xisoblanib, birinchisi joriy yilning 11 yanvar kuni Buxoro viloyatida (quvvati 270 MVt) ishga tushirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing