Toshkentda 15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi 

3-sahifa

image

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 15 yildan beri qidiruvda yurgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib, tergov organlaridan yashirinib yurgan R.S. ismli ayol 2006 yilda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan.

Aniqlanishicha, Buxoro viloyati Gala Osiyo shahri Oybek ko‘chasi 12-uyda ro‘yxatda turuvchi ushbu gumonlanuvchi o‘sha payt xorijga chiqib ketgan bo‘lgan. 

Oradan 15 yil o‘tib, 44 yoshli ayolning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi ta’minlanib, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

962

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing