Toshkentda 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan tanishini pichoqladi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 14 yoshli bola o‘zi bilan salomlashmagan 22 yoshli tanishini pichoqladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 may kuni soat 23:30 larda voyaga yetmagan 14 yoshli X.I. Shayxontohur tumani Ilg‘or mahallasida joylashgan, jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida 22 yoshli A.O.ga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganini, uni yosh bola ko‘rganini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo‘ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan X.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing