Toshkentda 13 yoshli o‘quvchi qizni maktabdoshlari “samosud” qildi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida “samosud” holati tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur videoda voyaga yetmagan qiz o‘z tengqurlari tomonidan kaltaklangani aks etgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 12 aprel kuni Yangihayot tumanidagi 331-sonli maktabning o‘quvchi qizlari o‘rtasida darsdan keyin janjal yuz bergan. Ular tumandagi 8-hududda qurilishi yakunlanmagan ob’ektda o‘zaro janjallashgan va uni tasvirga olib, internetga tarqatgan. 

Poytaxt IIBBning xabar qilishicha, o‘sha kuni sodir bo‘lgan janjalni voyaga yetmagan, 2006 yilda tug‘ilgan H.S. va 2007 yilda tug‘ilgan D.U.lar keltirib chiqargan. Ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, voyaga yetmagan 2009 yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holatdan maktab ma’muriyati 2023 yil 12 aprel kuni kechki vaqtda xabar topgan. Ertasi kuni ma’muriyat janjal ishtirokchilarining ota-onalarini chaqirtirib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. Voqea yuzasidan maktab ma’muriyati Yangihayot tumani IIO FMBga murojaat qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing